
Bu ishni o‘zbek futbolchilari zo‘r eplaydi
O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari bu yil Qozog‘iston Premer-ligasida “Turon” jamoasiga muxlislik qilmoqda. Chunki turkistonliklar tarkibida to‘rt nafar o‘zbek legioneri to‘p tepmoqda.
“Turon” bu yil o‘z safiga Shahboz Umarov, Behruz Asqarov, Xurshid Muxtorov va Odiljon Abdumajitov singari o‘zbekistonlik chart to‘p ustalarini qo‘shib oldi. Ularning bari asosiy tarkib o‘yinchilari hisoblanadi.
Shahboz Umarov, Behruz Asqarov va Xurshid Muxtorov chempionat o‘yinlarida raqiblar darvozasini ishg‘ol qilib, joriy mavsumdagi gollari hisobini ochib oldi.
Qozog‘iston chempionatida O‘zbekiston jamoalarida o‘ynab, tajriba oshirgan futbolchilar ham bor. Xususan, “Turon”dagi legionerlarimiz bilan elkama-elka to‘p tepayotgan Abinur Nurimbet o‘tgan yili “Andijon” tarkibida mahoratini sayqalladi.
Qozog‘istonning eng yorqin iste’dodlaridan biri sifatida e’tirof etilayotgan Abinur O‘zbekiston kubogi sohibi hisoblanadi. Nurimbet jurnalistlari bilan suhbatda har ikki mamlakat futbolini solishtirib o‘tdi.
Sports.uz portali ushbu suhbatni o‘zbekistonlik ishqibozlar e’tiboriga havola etadi.
— Abinur, sen 19 yoshdasan, lekin uchta mamlakat chempionatida o‘ynash tajribasiga ega bo‘lding. Belarus chempionatining o‘ziga xos xususiyatni nimalardan iborat? Dastlab, ko‘zga nimalar tashlandi.
— Yuqori liga darajasidagi ilk tajribani aynan Belarusda to‘plash imkoniga ega bo‘ldim. Mahalliy murabbiylarning kattalar futboliga o‘tishimda meni har tomonlama qo‘llab-quvvatlagani va ishonch bildirgani ko‘zga tashlandi.
— O‘zbekistonda ham o‘ynab kelding. O‘zbek chempionatida texnika yuqori, lekin qozoq futboli bilan solishtirganda jismoniy kurash sustroq, degan tushuncha bor. Shu to‘g‘rimi?
— Ha, O‘zbekistonda aksariyat futbolchilar ajoyib texnikaga ega, ular o‘z texnik qobiliyatlarini yuqori tezlikda ham ko‘rsata oladi. Qozog‘iston chempionati bilan solishtirishim qiyinroq, chunki mavsum endi boshlandi.
— Bu yil uchun qanday shaxsiy maqsadlarni qo‘yding?
— Yoshlar terma jamoasida o‘ynash va keyinroq Qozog‘iston milliy terma jamoasidan joy olish. Klublar miqyosida “Turon” joriy mavsumning sensatsiyasiga aylanishini istayman.
Abinur Nurimbet “Taraz” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Quyi ligada “Ulitau” jamoasida ijarada o‘ynagan. 2023-2024 yillar davomida Belarus chempionatida “Energetik-BGU” hamda “Gomel” jamoalarida faoliyat yuritdi.
O‘tgan yilning 16 iyulida “Andijon” bilan shartnoma imzolab, yarim mavsum O‘zbekistonda to‘p tepdi. 2025 yilning 27 fevral kuni erkin agent maqomida “Turon” safiga qo‘shildi.
Abinur Nurimbetning maydondagi asosiy ampluasi hujumkor yarim himoyachi bo‘lsa-da, zarur paytlar chap qanot va markaziy hujumchi pozitsiyada ham o‘ynay oladi.
Husanov jamoasi qarorini o‘zgartirishi kutilyapti
Shomurodov Rimni oyoqqa turg‘azdi!
Shomurodov “Roma”ning “top-5”dagi tarixiy rekordini ta’minlab berdi!
Fikrlar