Suares mavsumni "Arsenal"da yakunlaydi

  • 29 yanvar, 2019, 20:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi xavbeki Denis Suares mavsumni Angliya premer-ligasida yakunlashi mumkin.

Tecno

Goal nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "Arsenal" 25 yoshli ispaniyalik futbolchini 2,5 mln evro evaziga mavsum yakunigacha ijaraga oladi. Ushbu muddat yakunlangach esa “kanonirlar” uning transferini 20 mln evro evaziga to‘liq sotib olishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Suares joriy mavsum “Barselona” safida jami 8ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2020 yilga qadar imzolangan. Biroq, u “Arsenal”ga ketishidan oldin ushbu kelishuvni 2021 yilgacha uzaytiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!