Suares uchun kurashga "Monako" ham qo‘shildi
Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Denis Suares faoliyatini Frantsiyada davom ettirishi mumkin.
Tuttomercatoweb tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli ispaniyalik futbolchining xizmatlariga "Monako"dan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq unging uchun "Milan", "Sevilya" va "Chelsi" klublari ham kurash olib borishayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Suares joriy mavsum “ko‘k-anor ranglilar” safida jami 6ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 2ta gol kiritishga erishdi.
Fikrlar