Sulsher MYuga "Bornmut" hujumchisini olib kelmoqchi
"Manchester Yunayted" klubi "Bornmut" hujumchisi Joshua Kingga qiziqib qoldi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 26 yoshli futbolchini shaxsan MYuning yangi ustozi Ule-Gunnar Sulsher o‘z jamoasida ko‘rishni xohlamoqda. Qayd etish lozimki, bundan avvalroq rahbariyat norvegiyalik mutaxassisga qishki transferlar uchun bor yo‘g‘i 55 mln evro berishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, King “Bornmut” safiga 2015 yil “Blekbern” klubidan erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. U joriy mavsum jami 18ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar