Sulsher Mourinoni ortda qoldirdi
“Manchester Yunayted” klubi kecha Angliya kubogi doirasida “Chelsi”ni (2:0) mag‘lubiyatga uchratdi. E’tiborlisi, bu Ule Gunnar Sulsher jamoaga kelgach mankualiklarning 11-g‘alabsi bo‘ldi.
Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra norvegiyalik mutaxassis joriy mavsum g‘alaba qozonish bo‘yicha jamoaning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinoni ortda qoldirdi. Qayd etish lozimki, MYu portugaliyalik mutaxassis boshqaruvida joriy mavsumda 24ta o‘yinda bor yo‘g‘i 10tasida g‘alaba qozongan edi.
Eslatib o‘tamiz, Mourino “Manchester Yunayted”dan 2018 yilning 18 dekabr kuni iste’foga chiqarilgan edi. Shundan so‘ng jamoa rahbariyati uning o‘rniga mavsum yakunigacha Sulsherni bosh murabbiy etib tayinlashgan edi.

Fikrlar