Supehujumchining narxi oshib ketdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
 
 
"Chelsi" tarkibida to‘purarlik mahoratini namoyish qilayotgan hujumchi Diego Kostaning transfer narxi keskin ko‘tarilib ketdi.
 
Xitoy Superligasiga chiqqan "Tyantszin Tsyuantszyan" jamoasi tarkibini kuchaytirish maqsadida Diego Kostani olib kelmoqchi. Avvalroq, xitoyliklar to‘purar hujumchi uchun 50 million funt taklif qilgan edi. Endi ular Kosta transferiga 80 million funt tikkanini ma’lum qildi.
 
Agar Diego Kosta italiyalik mashhur himoyachi Fabio Kannavaro boshqarayotgan klub taklifini qabul qila haftasiga 480 ming funt miqdorida maosh oladi va dunyo eng ko‘p maosh oladigan futbolchilar qatoriga qo‘shiladi.
 
 
Diego Kosta Angliya premer-ligasida 18 ta uchrashuvda 14 ta gol urib, to‘purarlar bahsida etakchilik qilmoqda.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!