
Superliga. Bugun 31-tur o‘yinlari start oladi
Turning ilk uchrashuvi Navoiyda kechadi va unda mahalliy "Qizilqum" klubi "Neftchi"ga qarshi bahs olib boradi.
Hozirgacha bu jamoalarning milliy chempionatimiz doirasida jami 39 bor yo‘llari o‘zaro kesishgan. Unda sezilarli ustunlik farg‘onaliklar tomonida. «Qizilqum» 11 bahsda g‘alaba qozongan, 7 o‘yinda durang o‘ynab, qolgan 21 uchrashuvda raqibiga imkoniyatni boy bergan.
Ma’lumot uchun, bugungi bahs soat 18:00 da start oladi.
Fikrlar