
Superligaga qur’a tashlash marosimini “UZREPORT TV” jonli efirda namoyish etadi
Bugun, 3 fevral kuni Toshkentdagi “Interkontinental” mehmonxonasida yangi mavsum Superliga bahslari uchun qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi. Ushbu marosim soat 15:00da boshlanadi.
Ma’lum bo‘lishicha, Superligaga qur’a tashlash marosimini “UZREPORT TV” kanali to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib ko‘rsatadi.
Ta’kidlash joiz, yangi mavsumda Superligada 12ta klub ishtirok etadi.
Fikrlar