Tashkent Challenger. Istomin qozog‘istonlik tennischiga imkon qoldirmadi

  • 10 oktabr, 2018, 13:56
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Bugun musobaqada ikkinchi davra o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin ushbu bosqichda qozog‘istonlik Aleksandr Bublikka qarshi kortga chiqdi.

1 soat 2 daqiqa davom etgan qarama-qarshilikda hamyurtimiz 7:6, 6:1 hisobida zafar quchib, chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Denisga kelgusi bosqichda kanadalik Feliks Aliassim Oge  raqiblik qiladi. 18 yoshli tennischiga qarshi uchrashuv ertaga 13:00 bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!