Temurdan yana bir sensatsiya yoxud hamma lol qoldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
 
Qozog‘istonda "Chellenjer" turkumiga kiruvchi "Capital Cup - 2016" xalqaro turnirida hamyurtimiz Temur Ismoilov ko‘rsatayotgan o‘yin muxlisu mataxassislarni lol qoldirmoqda.
 
Turnirdagi ishtirokini saralashdan boshlagan o‘zbekistonlik iste’dodli tennischi, asosiy to‘rga qo‘shilgach, o‘zidan tajribali raqiblarini birma-bir musobaqadan chiqarib yubormoqda.
 
Dastlabki bosqichda mezbonlar vakili Timur Xabibulinni 6:2, 6:3 hisobida mag‘lub etgan hamyurtimiz ikkinchi davrada kuchli tennischi - uchinchi raqamda saralangan rossiyalik Aleksandr Kudryavtsevdan 6:1, 4:6, 6:4 hisobida ustun keldi.
 
Chorak finalda Teumurga yana bir saralangan tennischi - rossiyalik tennischi Aleksandr Bublik ro‘baro‘ keldi.
 
Keskin va murosasiz kurashlarga boy bo‘lgan bahsda Temur Ismoilov 7:6, 6:4 hisobida zafar quchib, yarim finalga yo‘llanma oldi.
 
Endi Temur finalga chiqish uchun mamlakatimizning eng kuchli tennischisi Denis Istomin bilan raqobatlashadi. Uchrashuvda kim g‘olib bo‘lishidan qat’iy nazar hal qiluvchi bahsda O‘zbekiston tennischisi bo‘ladi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!