
Termamizning yubiley o‘yini omadsiz bo‘ldi
Al-Ayn shahrida kechgan uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida g‘olib nomi aniqlanmagach, penaltilar seriyasiga murojaat etildi. "Futbol lotereya"sida esa omad biznikilarga kulib boqmadi - 2:4.
E’tiborlisi, kechagi o‘yin terma jamoamizning rasmiy o‘yinlardagi 150-uchrashuvi sifatida tarixda qoldi. Qizig‘i shundaki, "oq bo‘rilar"ning rasmiy bahslardagi 100-o‘yini ham Avstraliyaga qarshi kechgan edi.
2011 yilgi o‘sha ma’shum uchrashuv vakillarimizning 0:6 hisobidagi yirik mag‘lubiyati bilan yakun topgan edi.
Izoh: Rasmiy uchrashuv deganda faqatgina Osiyo kubogi final bosqichi, Osiyo kubogi saralash bosqichi va JCh saralash bosqichi o‘yinlari nazarda tutilgan.
Fikrlar