
Teves ovqat emay qo‘ydi
Zamonaviy futbolda eng katta maosh olayotgan argentinalik hujumchi Karlos Teves Xitoydagi hayotga ko‘nika olmayapti. Teves to‘p surayotgan “Shanxay Shenxua” jamoasi bosh murabbiyi Gustavo Poyet argentinalik to‘purarning muammoalari haqida gapirib berdi.
- U xitoy tilida birorta so‘zni tushunmaydi, - dedi Gustavo Poyet. – Xuddi men kabi unga ham doim tarjimon kerak. Ba’zan oldida tarjimon bo‘lmay qolsa, qiyin vaziyatga tushib qolyapti. U deyarli ovqat emayapti. Yaqinda biz Teves, Guarin va Morena birga o‘tirdik. Teves Xitoy taomlarini eya olmadi.
Karlos Tevesning o‘zi Argentinaga qaytishni istamoqda. Lekin “Boka Xuniors” muxlislari katta pul uchun jamoani tark etgan superto‘purarni maydonda ko‘rmoqchi emas.
Fikrlar