
Teves qachon faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
“Boka Xuniors” klubi va Argentina terma jamoasi sobiq hujumchisi Karlos Teves kelasi mavsum oxirida faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi, deya xabar beradi Football Italia nashri.
– Men kelasi mavsum oxirida shartnoma muddati yakuniga etganidan so‘ng futbolni tark etaman. Boshqa klubga o‘tmayman. Shunchaki ketaman. Darrov murabbiylik faoliyatimni boshlamayman. Buning uchun oldin tayyorgarlik ko‘rish kerak, – deya Tevesning so‘zlarini keltiradi Canal 13 nashri.
34 yoshli argentinalik futbolchi Angliyaning “Vest Xem”, “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” hamda Turinning “Yuventus” va Xitoyning “Shanxay Shenxua” jamoalarida to‘p surgan.
Teves uch karra Angliya chempioni, EChL g‘olibi, ikki karra Italiya chempioni va 2008 yilgi Olimpiya o‘yinlari oltin medali sohibi.
Argentina termasida 76 o‘yinda 13 golga mualliflik qilgan.
Fikrlar