Tezkor xabar! O‘zbekistonda yangi musobaqa joriy etiladi
Xabaringiz bor ayni damda poytaxtimizda Superliganing yangi mavsumiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
E’tiborlisi, Professional futbol ligasi bosh direktori yordamchisi Diyor Imomxo‘jaev qur’a tashlash marosimidan oldin so‘zga chiqdi va asosiy yangiliklardan boxabar qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra O‘zbekistonda yangi mavsumda Liga kubogi musobaqasi joriy etiladi va unda Superliganing 14ta jamoasi va Pro-Liga “A” guruhida litsenziyalash talabini muvaffaqiyatli amalga oshirgan 2ta jamoa ishtirok etadi. Musobaqada mukofot joriy etiladi.
Yangi musobaqani tashkil etish g‘oyasi esa Superligada o‘yinlar sonini kamayib ketgani bilan izohlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Superligada 14ta jamoa 2 davra o‘ynaydi.

Fikrlar