
“Tezroq, balandroq, kuchliroq” yoxud hamkasbimiz shaxsiy fotoko‘rgazmasini o‘tkazdi (FOTO)
Joriy yilning 22 oktyabr kuni Toshkent Fotosuratlar uyida hamkasbimiz Almurat Mamadaminovning (Muhammad Amin) “Tezroq, balandroq, kuchliroq” deb nomlangan shaxsiy fotoko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Ta’kidlash kerakki, Almurat Mamadaminov turli sport tadbirlarini yoritishda doimo ilg‘orlar qatorida bo‘lib kelgan. Hamkasbimizning ushbu sport musobaqalaridan olgan o‘ziga hos va betakror fotosuratlari ko‘rgazmaga tashrif buyurgan kattayu-kichikni birdek hayratlantirdi, ular ushbu suratlarga nigoh tashlab go‘yoki o‘zlarini o‘sha davrga tushib qolgandek his qilishdi.
Ko‘rgazma ekspozitsiyalarida muallifning eng sara 101ta fotosurati namoyish qilindi. Ularda xorij hamda yurtimizda o‘tkazilgan turli sport musobaqalari va ularda ishtirok etgan sportchilar aks etgan. Shiddatli bellashuvlar va g‘alaba pallalari shular jumlasidandir.
SPORTS.uz ijodiy jamoasi ustoz hamkasbga kelajak faoliyatida ulkan zafarlar tilab qoladi.
Fikrlar