Tiago Silva Braziliya terma jamoasi safida jahon chempionatida gol urgan eng yoshi ulug‘ futbolchilar qatoriga kirdi
Braziliya terma jamoasi himoyachisi Tiago Silva kecha guruh bosqichining so‘nggi turida Serbiya (2:0) darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi.
E’tiborlisi, 33 yoshli PSJ a’zosi Braziliya terma jamoasi safida jahon chempionatlarida gol urishga erishgan eng yoshi katta futbolchilar reytingida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Eslatib o‘tish lozimki, bu bora Silvadan faqatgina Bebeto oldinda bormoqda. U 1998 yilgi mundialda 34 yoshida gol urishga erishgan.

Fikrlar