Toma Mene yarim finalda Belgiyaga yordam bera olmaydi

  • 07.07.2018 12:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Belgiya terma jamoasining asosiy himoyachilaridan biri hisoblangan Toma Mene Frantsiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan yarim final bahsini o‘tkazib yuboradi.

Gap shundaki, 26 yoshli futbolchi kecha musobaqaning chorak finalida Braziliyaga (2:1) qarshi o‘yinda hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi. Bu esa Menening ushbu musobaqadagi 2-sariq kartochkasi bo‘ldi va shu tariqa kelgusi o‘yinni avtomatik tarzda o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Frantsiya – Belgiya uchrashuvi 10 iyul kuni “Sankt-Peterburg Arena”da bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!