Tomas Myuller Germaniya termasida yubiley uchrashuvini o‘tkazdi
Germaniya terma jamoasi hujumchisi Tomas Myuller Gollandiyaga qarshi (2:2) Millatlar ligasi 6-tur o‘yinining 67-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi.
Myuller uchun ushbu o‘yin Germaniya termasi tarkibidagi 100-si bo‘ldi. Mazkur bellashuvlarda 29 yoshli hujumchi 38 ta gol va 36 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga muvaffaq bo‘lgan. Myuller Germaniya tarkibida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar orasida 11-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Uning eng yaqin ta’qibchisi Tomas Xyossler (101) bo‘lsa, Germaniya termasi tarkibida rekord natija Lotar Matteusga tegishli (150).
Ma’lumot uchun, Tomas Myuller 2010 yildan buyon Germaniya terma jamoasi safida to‘p surib kelmoqda. U 2014 yili Jahon chempioni, JCh–2010 turnirida esa bronza medal sohibi bo‘lgan.

Fikrlar