Torgan Azar: Akam bilan bir klubda o‘ynamagan bo‘lardim

  • 27.10.2018 16:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi xavbeki Torgan Azar "Chelsi"dagi akasi Eden bilan bir jamoada o‘ynashni istamasligini aytdi.

“Biz Belgiya terma jamoasida birga o‘ynaymiz va bu ajoyib, chunki biz birgalikda mamlakatimiz sharafini himoya qilamiz. Lekin ochig‘ini aytsam, u bilan bir klubda o‘ynash yaxshi fikr emas. Futbolchi sifatida u mendan kuchli”, - deydi Torgan Azar.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli belgiyalik futbolchi joriy mavsum Bundesligada jami 9ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!