To‘rtinchi turning qoldirilgan o‘yini 3 martda o‘tkaziladi

CHERY AUTO

 

Tecno

14-19 fevral kunlari Samarqandda futzal bo‘yicha XXI milliy chempionat 4-tur bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Turning to‘rtinchi kunidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Metallurg" uchrashuvi birinchi bo‘limdan so‘ng arenada elektr quvvati uzilib qolgani sababli to‘xtatilgan edi. Dastlabki bo‘limdan keyin bekobodliklar 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi.

Reglament asosida ana shu bahs ikkinchi bo‘limini o‘tkazish sanasi belgilandi. Unga ko‘ra, 3 mart kuni soat 11:00da Toshkentdagi "Yoshlik" zalida "Lokomotiv" - "Metallurg" uchrashuvining ikkinchi bo‘limi o‘tkaziladi. Bu haqda UFA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Oliy liga

1-bosqich, 4-tur

03.03.2017

"Lokomotiv" - "Metallurg" 0:2 (1-bo‘limdan keyin)

Gollar: G‘.Mamajonov 8, S.Inomjonov 18

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!