Toshkent viloyat birinchiligida kimlar g‘olib bo‘ldi

Chirchiq shahridagi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya universitetida sportning futbol, futzal, stol tennisi, basketbol, voleybol va engil atletika turlari bo‘yicha Toshkent viloyati birinchiligi o‘tkazildi.
 
Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi tomonidan tashkil etilgan musobaqa «Yoshlar haftaligi» doirasida o‘tkazilib, unda viloyatdan jami 280 nafar yosh qatnashdi.
 
Musobaqaning futbol bahslarida O‘DJTU jamoasi, futzal sport turi bo‘yicha Yangiyo‘l shahar jamoasi, stol tennisi va voleybol bo‘yicha Ohangaron shahri jamoasi, basketbol hamda engil atletika bo‘yicha Chirchiq shahar jamoasi shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!