
Toshkentda Markaziy Osiyo qilichbozlik Konfederatsiyasi I Ochiq chempionati start oldi
Bugun, 15 fevral kuni Gimnastika bo‘yicha Respublika bolalar-o‘smirlar sport maktabi majmuasida Markaziy Osiyo qilichbozlik Konfederatsiyasining kadetlar va o‘smirlar o‘rtasidagi I Ochiq chempionati boshlandi. Musobaqada Konfederatsiyaga a’zo mamlakat qilichbozlari – O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Afg‘oniston vakillari ishtirok etishmoqda. Bellashuvlar oldidan turnirning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.
Tadbirda Konfederatsiyaga a’zo mamlakatlarning qilichbozlik federatsiyalari rahbarlari, Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda MOQ mutasaddilari, Toshkent shahri hokimiyati vakillari ishtirok etishdi.
Marosimga tashrif buyurgan boshqa martabali mehmonlar ham o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirib o‘tishdi. Shundan so‘ng Vatanimiz madhiyasi yangradi va musobaqa rasman ochiq deb e’lon qilindi.
Ma’lumot uchun, musobaqa qilichbozlikning har uchchala yo‘nalishida tashkil etilmoqda. Turnir 17 fevral kuni yakunlanadi. Bahslar soat 10:00 da start oladi.
Fikrlar