Toshkentda kamondan otish bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bahslari bo‘lib o‘tmoqda

  • 25 oktabr, 2018, 10:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
TIGGO 2 PRO

Toshkent shahrida kamondan otish bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi start oldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Musobaqada Respublikamizning turli hududlaridan 60 nafardan ortiq sportchi ishtirok etmoqda. Ayni paytda musobaqaning saralash bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Final bahslari esa 27 oktyabr kuni o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Qayd etish lozimki, ushbu musobaqa terma jamoamiz uchun yangi nomlarni saralab olish, selektsiya ishlarini olib borish yo‘lida muhim ahamiyatga ega.

Musobaqa natijalari Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti orqali ma’lum qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!