Toshkentda tug‘ilgan tennischi nufuzli turnir finaliga chiqolmadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Marokashda ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan "Grand Prix De SAR La Princesse Lalla Meryem - 2017" tennis turniri finalchilarining nomi ma’lum bo‘ldi.

 

Mukofot jamg‘armasi 226 750 AQSh dollari bo‘lgan musobaqada chorak final ishtirokchilari aniqlandi.

Yarim finallardan birida asli Toshkentda tug‘ilgan va ayni paytda AQSh sharafini himoya qilayotgan Varvara Lepchenko italiyalik Francheska Skyavonega 5:7, 4:6 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Ikkinchi yarim finalda rossiyalik Anastasiya Pavlyuchenkova italiyalik Sara Erranidan 6:4, 6:0 hisobida ustun keldi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!