
“Tottenxem” – “Liverpul” o‘yinida APL rekordi o‘rnatildi
Angliya Premer-Ligasi 9-turidan o‘rin olgan “Tottenxem Xotspur” hamda “Liverpul” jamoalari o‘rtasidagi bahsni 80 827 nafar muxlis “Uembli” stadionidan turib kuzatgan. Bu haqda “shporlar” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bu ko‘rsaktich APL rekordi ekanligi aytilmoqda. Oldingi record 2007 yilning mart oyida “Manchester Yunayted” hamda “Blekbern” jamoalari o‘rtasidagi bahsda o‘rnatilgan edi.
O‘shanda, “Old Trafford”ga 76 098 nafar muxlis tashrif buyurgan edi.
Fikrlar