"Tottenxem" Dele Alli bilan shartnomani uzaytirishga juda yaqin turibdi

  • 28 sentabr, 2018, 23:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Iqtidrrli yarim himoyachi Dele Alli “Tottenxem”da to‘p surishda davom etadi.

Tecno

The Independent nashri tarqatgan xabarga ko‘ra uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng “shporlar” 22 yoshli Angliya terma jamoasi a’zosi bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishishgan. Tez orada tomonlar yangi shartnomani imzolashlari kutilmoqda.

Yangi kelishuvning qancha muddatga uzaytirilishi hozircha noma’lum. Aytish lozimki, Allining amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan.

Ma’lumot uchun, Dele Alli “shporlar” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!