
"Tottenxem" EChL chorak final uchrashuvini yangi stadionda o‘tkazishi mumkin
Evening Standard nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, klub rahbariyati bu boradagi muzokaralarni boshlab yuborgan. Ayni vaqtda "shporlar" APL doirasida qolgan 5 ta uy bellashuvini "Uembli"da o‘tkazishi aniq.
1/8 final doirasida "Borussiya" Dortmund ustidan qozonilgan 3:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng londonliklarning chorak finalga chiqish imkoniyati keskin oshdi. Javob bellashuvi 5 mart sanasida bo‘lib o‘tadi.
7 fevral kuni "Tottenxem" "Arsenal"ga qarshi kechadigan Shimoliy London derbisi "Uembli"da o‘tishini e’lon qilgan edi. Yangi stadion xavfsizlik talablariga javob bermasligi aytilmoqda.
Fikrlar