
"Tottenxem" va "Lester" o‘rtasidagi super to‘qnashuvda 9ta gol kiritildi (video)
Avval xabar berganimizdek bugun Angliya premer-ligasining 2017/18 yilgi mavsumi o‘z nihoyasiga etdi.
So‘nggi turda “Tottenxem” o‘z maydonila “Lester”ni qabul qildi. Shu kuni “Uembli”ga yig‘ilgan muxlislar naqd 9ta golga guvoh bo‘lishdi. Yakunda esa omad maydon egalariga kulib boqdi – 5:4.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan barcha gollarni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar