
Tramp boks bo‘yicha birinchi qora tanli chempion nomini oqlaydi
AQSh prezidenti Donald Tramp mashhur aktyor Silvestr Stallonening chaqiruvidan so‘ng XXCh asrning afsonaviy bokschisi Jek Jonsonning nomini oqlashga tayyorligini ma’lum qilgan.
– Silvestr Stallone menga murojaat qilib, super og‘ir vazn toifasida birinchi qora tanli chempion Jek Jonson tarixini aytib berdi. Uning hayoti og‘ir va mashaqqatlarga to‘la bo‘lgan.Men uning nomini oqlashni variantini ko‘rib chiqaman, – deb yozadi Tramp o‘zining tvitter sahifasida.
Jonson 1878 yilda tug‘ilgan va 1946 yilda vafot etgan. U super og‘ir vazn toifasida birinchi qora tanli jahon chempioni hisoblanadi. Uning hisobida 124 jang bo‘lib, 82 tasini g‘alaba bilan yakunlagan. 51 tasi nokaut. 1913 yilda u sherikchilikda jinoiy ish sodir etganlikda ayblanib, qamoqqa hukm qilingan.
Fikrlar