Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida kechgan uchrashuvda moskvaliklar 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

TsSKA 2006 yildan buyon 7 ochko bilan guruhda 4-o‘rinni olgan dastlabki jamoa bo‘ldi
Ammo "armiyachilar"ga musobaqaning amaldagi g‘olibi ustidan qozonilgan yirik g‘alaba tatimadi. Boisi, "Viktoriya" "Roma"ni 2:1 hisobida engib, o‘z ochkolari sonini 7 taga etkazib oldi va qo‘shima ko‘rsatkichlar tufayli guruhda 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, Evropa ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa TsSKA so‘nggi 12 yilda 7 ochko bilan guruhda so‘nggi bo‘lgan dastlabki jamoa bo‘ldi. 2006 yilda Daniyaning "Kopengagen" klubi ham 7 ochko bilan kvartetda so‘nggi bo‘lgan edi.
O‘shanda ular "Benfika" (7), "Seltik" (9) va "Manchester Yunayted" (12) jamoalaridan ortda qolishgan edi.
Fikrlar