"Tsrvena Zvezda" Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan Serbiyaning birinchi klubi bo‘ldi
Xabaringiz bor kecha UEFA Chempionlar ligasining guruh bosqich 4-turida "Tsrvena Zvezda" o‘z maydonida "Liverpul"ni 2:0 hisobida engdi.
E’tiborlisi, "Tsrvena Zvezda" shu tariqa Chempionlar ligasi final bosqichida g‘alaba qozongan ilk serb klubiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, belgradliklar guruh bosqichining o‘tgan 3ta turida PSJ (6:1) va “Liverpul”ga (4:0) imkoniyatni boy berdi, “Napoli” (0:0) bilan esa durang o‘ynadi.
Fikrlar