
Tyago Alkantara "Bavariya"dan ketmoqchi
Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Tyago Alkantara yozda jamoadan ketishni rejalashtirmoqda.
Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra u zahirada qolib ketishni istamayapti va etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida boshqa jamoaga o‘tmoqchi. O‘z navbatida myunxenliklar rahbariyati ham 27 yoshli futbolchini qo‘yib yuborishga qarshi emas. Chunki, “Bavariya”ga yangi bosh murabbiy keldi va u jamoa tarkibini qaytadan ko‘rib chiqishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Alkantara o‘tgan mavsum jami 32ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar