
UEFA "Marsel"ni 2 yilga evrokuboklardan chetlatdi, ammo...
UEFA Frantsiyaning “Marsel” klubini o‘tgan mavsum muxlislari keltirib chiqargan janjal sabab 2 yilga evrokuboklarda ishtirok etishdan maxrum qildi.
Biroq, keyinchalik bu qaror shartli jazoga almashtirildi. Unga ko‘ra marselliklar yangi mavsumda evrokuboklardagi ilk uchrashuvini muxlislarsiz o‘tkazishadi va bundan tashqari 100 ming evro jarima ham to‘lashadi.
Eslatib o‘tamiz, “Marsel” o‘tgan mavsum Frantsiya chempionatida 5-o‘rinni egallagan va Evropa ligasida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.
Ta’kidlash lozimki, UEFA bundan avval “Milan”ni ham moliyaviy feyr-pleyga amal qilmagani uchun 2 mavsumga evrokuboklardan chetlatgan edi. Biroq, keyinchalik sport arbitraj sudi UEFAning bu qarorini bekor qildi va “rossonerilar”ga yangi mavsumda Evropa ligasida ishtirok etishga ruhsat berdi.
Fikrlar