UFC 234. Israel Adesanya veteran Silvani mag‘lub etdi
Bugun Melburnda UFC 234 turniri bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning asosiy jangida Israel Adesanya veteran Anderson Silva bilan kuch sinashdi. Yarim og‘ir vazn chempionlik kamari uchun bahsda Robert Uittaker Kelvin Gastelumga qarshi oktagonga ko‘tarilishi darkor edi, biroq Uittakerning jarohati tufayli bellashuv bekor qilindi.
Asosiy kard bahslari:
Israel Adesanya Anderson Silvani hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lub etdi;
Lando Vannata uchrashuvning birinchi raundida yoq Markos Marianoni og‘ritish usuli bilan engdi;
Rani Yaxyo hakamlar qaroriga ko‘ra Rikki Saymonga imkoniyatni boy berdi;
Ayollar o‘rtasida kechgan bellashuvda, Montanya De La Roza og‘ritish usuli bilan Nadya Kassimni er tishlatdi.
Sem Alvi uchrashuvning birinchi raundida yoq Jim Krut tomonidan texnik nokautga uchratildi.
Fikrlar