UFC prezidenti Putin hamda Trampni Konor - Xabib bahsiga taklif qildi

UFC prezidenti Deyna Uayt Vladimir Putin va Donald Trampni UFC 229 turniriga taklif qildi. Musobaqa doirasida Konor MakGregor hamda rossiyalik jangchi Xabib Nurmagomedov kuch sinashishadi.

- Bunday yuqori martabali insonlarni biz hamma vaqt turnirlarga taklif qilamiz. Aytib o‘tishim joizki, Tramp mening taklifimga rad javobini berdi, ammo translyatsiyani jonli efirda ko‘rishini va’da berdi, - deya Uaytning so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Scottish Sun nashri.

Ma’lumot uchun, Nurmagomedov - MakGregor qarama-qarshiligi UFC 229 doirasida Las-Vegasda 6 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!