UFC rahbari Meyvezerga Nurmagomedov bilan jang uchun 150 mln dollar taklif qildi

CHERY AUTO

UFC rahbari Dana Uayt amerikalik bokschi Floyd Meyvezerga aralash yakkakurash jang san’atlari (MMA) bo‘yicha engil vaznda toifasi chempioni rossiyalik Xabib Nurmagomedov bilan qilishi uchun 150 mln dollar taklif qildi.

Tecno

UFC boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, jangni tashkil qilish uchun imkoniyatlar etarli, ammo yana bir aytish kerakki, to‘qnashuv MMA qoidalari bo‘yicha bo‘lishi zarur, boksda emas. Avvalroq Meyvezer ikki vaznda sobiq UFC chempioni irlandiyalik Konor Makgregor bilan boks qoidalari bo‘yicha jang qilgan.

O‘tgan gal biz u tomonga (Meyvezer sportiga) borgan edik, endi u bizga kelsin, — deydi Uayt. — Floyd urushib, 150 mln dollarni ishlab olishing mumkin? Buning uchun bizning sportga o‘t.

Avvalroq Meyvezer va Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqda bir-biriga jangni tashkil qilish imkoniyatlari borligini ma’lum qilishgan. Amerikalik sportchi rossiyalik jangchi bilan faqatgina boks qoidalari bo‘yicha bo‘lishini ta’kidlamoqda.

Nurmagomedov 2018 yil aprel oyidan beri UFC chempionlik kamariga egalik qilmoqda. 30 yoshli rossiyalik sportchi jami 27 jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan.

41 yoshli Meyvezer hisobida esa professional ringda 50 jangda 50 g‘alaba qayd etgan. Bu yaqingacha rekord bo‘lib kelgan edi. U besh vazn toifasida jahon chempioni bo‘lgan. Boksdagi so‘nggi jangini 2017 yil 26 avgust kuni Makgregorga qarshi o‘tkazib, texnik nokautga uchratgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!