UFC sobiq jahon chempioni Makgregor bilan jang qilmoqchi
UFC sobiq jahon chempioni Anderson Silva UFC 234 turnirida Israel Adesanedan uchralgan mag‘lubiyatdan keyingi va kelajakdagi rejalari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
– Men Adesane bilan bo‘lgan jangdagi ishtirokim yomon bo‘lmadi. Ayniqsa, oktagondagi sportchilarning biri 43 yoshda bo‘lsa, boshqasi 29ta. Keyingi rejalarga keladigan bo‘lsak, men Kuritibada Nik Dias bilan uchrashishni istagan bo‘lardim. Bu qiziqarli to‘qnashuvlardan biri bo‘lardi. Bizning oldingi jangimiz tashkil qilinmay qolgan edi. Bir necha oy oldin men Nik menejeri bilan gaplashganimda u jangga tayyor degandi.
– Bundan tashqari mening faoliyatimda va Konor Makgregor faoliyatida ikkimizning uchrashishimiz yaxshi bo‘lardi. Bu muxlislar uchun ajoyib bo‘lardi, – deydi Silva UFC 234 turniridan keyingi matbuot anjumanida.
Fikrlar