UFF.uz sayti Evropa Ligasi finalida ishlaydi

  • 18 may, 2017, 11:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO


May oyi o‘zining qizqin pallasiga kirib ulgurdi. Hademay, Evropaning kuchli chempionatlarida bu yilgi mavsum nihoyasiga etdi.

Tecno

G‘olib jamoalarning nomi sekin-asta ma’lum bo‘ladi. Undan so‘ng esa, barchaning e’tibori Evropa Ligasi va Evropa Chempionlar ligasi musobaqalarining final o‘yinlariga qaratiladi. Bu tabiiydir.

Bugun o‘zbekistonlik ishqibozlar uchun qiziqarli ma’lumotni aytib o‘tmoqchimiz. Shu yilning 24 may kuni Shvetsiya davlatining Stokgolm shahridagi "Frends Arena" stadionida bo‘ladigan Evropa Ligasi finalida ishlash huquqini UFF.uz sayti qo‘lga kiritdi.

Sayt xodimi bo‘lgan San’at Sharipov ushbu katta futbol forumini vatanimiz futbol muxlislari uchun yoritadigan bo‘ldi. Unga UEFA tomonidan eksklyuziv akkreditatsiya taqdim etildi.

Demak, o‘zbekistonlik muxlislar "Ayaks" - "Manchester Yunayted" o‘yini atrofidagi barcha tezkor va eksklyuziv xabarlarni bilib borishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!