Uaylder: Aprelda Joshua bilan jang bo‘lmaydi

  • 11.08.2018 11:40
  • 0
  • Boks

Super og‘ir vazn toifasining WBC chempionlik kamari sohibi Deontey Uaylder ushbu vaznda versiyam WBA Super, WBO, IBF, IBO kamarlariga egalik qilib kelayotgan Entoni Joshua bilan kelasi aprel oyiga rejalashtirilgan jang tashkil etilmasligini aytib o‘tdi.

Joshua 2019 yil 13 aprel haqida qayg‘urmasligi mumkin, chunki jang bo‘lmaydi. Barchasi Entoni va uning jamoasining men bilan urushishni xohlamayotganidadir. Shunday bo‘lsa, u o‘z rejalariga ko‘ra ishlaveradi, men esa o‘zimniki bo‘yicha. Agar men tomonidan shartnoma imzolansa, ular rad qilsa, bu jang bo‘lmaydi degani. Ertami kechmi Joshuani nokautga uchratishadi. Buning uchun u mendan uzoqroq yurishi kerak. Bu hali ro‘y bermaydi, – deydi Uaylder Boxingscene nashriga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!