Uaylder vs Fyuri. Joshuadan keyin kim birinchi?
Toshkent vaqti bilan 2 dekabr kuni tonggi soat 07:00 Los-Anjelesda zamonamizning ikkita super bokschisi amerikalik Deontey Uaylder va britaniyalik Tayson Fyuri o‘zaro to‘qnash keladi. Mazkur to‘qnashuv og‘ir vazn toifasida 2017 yil aprelida bo‘lib o‘tgan jangdan keyin boks olamdagi eng muhim voqealardan biri. O‘shanda Entoni Joshua Vladimir Klichkoni nokautga uchratgan edi. Bu jangda oldin qaysi bokschining g‘alaba qozonishini aytish u yoqda tursin, taxmin qilish ham mushkul.
Chempionlik kamari – bu muhimi emas
Ushbu jangda har ikki engilmas bokschi WBC chempionlik kamari uchun ringga chiqadi. Bu kamarni Uaylder 2015 yildan beri o‘zida saqlab kelmoqda. O‘sha yili Fyuri bir yo‘la ushbu vaznning uchta kamarini (IBF, WBO va WBA) Dyusseldorfda Vladimir Klichkoni mag‘lub qilib qo‘lga kiritgan edi. O‘sha vaqtda mag‘lubiyat ukrainalik bokschi uchun 11 yil ichida birinchisi bo‘lgan edi.

Agar Uaylder va Fyuri to‘qnashuvi o‘sha yili tashkil qilinganda, hozirgidan keskin farq qilgan bo‘lardi. Yirik janglar har qanday vazn toifasida ham bo‘lmasligi mumkin. Biroq o‘sha vaqtda britaniyalik bokschi Klichko bilan revanshga diqqatini qaratgan va keyinroq ruhiy siqilish sababli ikki yil “yo‘qolib qoldi”.
– Gap shundaki, rafiqam Peris farzandimizni tug‘a olmadi. O‘shanda uning yonida edim. Boshqa yonimdagi krovatda Xyuining hayoti so‘nib borayotgan tog‘avachchasi yotardi, – degan edi Fyuri TheTelegraph nashri.
Hozir, uch yil o‘tib, Uaylder va Fyuri jangiga o‘sha vaqtdagi kabi qiziqish katta bo‘lgani yo‘q, ammo shu yilda og‘ir vazn toifasining eng muhim to‘qnashuvi bo‘ladi. Yana bir qiziqarli to‘qnashuvlardan birida Aleksandr Povetkin Joshuaga qarshilik qilishga urinib ko‘rdi, ammo 8-raundda nokautga uchradi.

Los-Anjelesda uchta yoki to‘rtta chempionlik kamarining o‘rniga bittasi o‘ynalayotgani ahamiyatga ega emas. Muhimi ushbu vaznning eng nomdor va eng yaxshi vakillari to‘qnashmoqda. Har ikki bokschi ham biror marta engilmagan. Ikkalasi ham chempionlik kamarlariga egalik qilishgan. Uaylder buni hamon davom ettirmoqda. Ularning uslubi har xil, shuning uchun jang o‘zgacha kechishi aniq.
Voqealar rivoji jadallashib ketishi mumkin
Bu jangda bir qancha voqealarning rivojlanish variantlari mavjud. Kichik ustunlik Uayder tomonida ekanligi aytilmoqda, ammo Fyuri bilan bo‘ladigan jangda nima bo‘lishi mumkinligini hech kim bilmaydi.

Fyuri – mutloq topishmoq. U bir necha oy Manchesterdagi Rikki Xatton zalida shug‘ullandi. Videolaridan uning yaxshi sport formasini tiklaganini ko‘rish mumkin. Uning ortiqcha vazni yo‘q. Ajoyib harakatlanmoqda. Agar 2015 yoli Uaylder bilan to‘qnashganda, raqib uni tutishga ancha qiynalardi. Fyuri ayyorona himoyalanadi va doira bo‘ylab harakat qiladi. Doimo boshni nioshonga oladi, aniq zarbani kutadi. Aslida bu uning ustnuligi emas, biroq ochko keltiradi.

Uaylderning imkoniyati uning kuchli zarbalarida. Ayniqsa, o‘ng qo‘l zarbasi. Bu eng yaxshi og‘ir vaznli bokschilar orasida haqiqatan ham qo‘rqinchli hisoblanadi. Yon zarbalar va jeb amerikalik bokschiga ko‘p ham foyda bermaydi, ammo o‘ng qo‘l to‘g‘ri zarba – ideal. Aynan u shu bilan Artur Shpilka va Bermeyn Stivern revanshda “sindirgan”. Agar bu zarba Fyuriga tegsa, u nokaut bilan g‘alaba qozonadi.
Ochkolar bo‘yicha imkoniyatlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, bunda britaniyalik bokschining imkoniyatlari yuqoriroq. Hakamlar ham jangda zarbalar soni va ularning sifatiga e’tibor qaratishadi. Birinchisi Fyurida bo‘lsa, ikkinchisi Uaylderda. Shunday ekan, britaniyalik bokschi ham autsayder emas. U umuman juda aqlli bokschi. Birgina Kanningemdan tashqari hech bir bokschi unga ringda yaqin kela olmagan.
Ha, aytgancha, bokschilarning ushbu jangda ishlab topadigan gonorarlari o‘zlari uchun rekord hisoblanadi. Ular shu vaqtgacha hech bir jangda buncha ko‘p ishlab topmagan. Amerikalik bokschi 14 million dollar olsa, britaniyalik bokschi 10 mln dollar ishlaydi.

Eng qizig‘i, jang g‘olibi 2019 yili ushbu vaznda qolgan kamarlarga egalik qilayotgan Joshuaga raqiblik qiladi. Bunday shov-shuvli janglar so‘nggi vaqtlarda og‘ir vazn toifasida kam bo‘layotgan edi. Bu ketishda yaqin vaqt ichida ushbu divizion o‘zining oldingi holatini qaytarsa, ajab emas.
Fikrlar