
Uch nafar bokschimiz "Prezident kubogi"ning finaliga yo‘l olishdi
Bugun Qozog‘istonning Ostona shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha VI xalqaro “Prezident kubogi” turnirining final janlari bo‘lib o‘tadi.
Kecha o‘tkazilgan yarim final janglaridan so‘ng 3 nafar bokschimiz hal qiluvchi bosqichga yo‘l oldi.
64 kg vaznda Iqboljon Xoldorov tailandlik Masuk Vuttichaini 5:0 hisobida mag‘lub qilgan bo‘lsa, Shunqor Abdurasulov (60 kg) Zakir Saifullinndan, Bektemir Meliqo‘ziev esa mezbonlar vakili Bekzat Nurdauletovdan ustun keldi.
Yarim finalda mag‘lub bo‘lgan bokschilarimiz Shahobiddin Zoirov (56 kg), Mahmud Gaipov (69 kg) va Isroil Madrimov (75 kg) esa bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Fikrlar