
“Uembli” stadioni 600 mln funtga sotildi
Angliya futbol federatsiyasi “Uembli” stadionini 600 mln funt (788 mln dollar) evaziga “Fulxem” klubi rahbari Shaxid Xanga sotishga rozilik berdi.
Xan stadionni 2018 yil aprel oyidan beri olishga harakat qilib keladi, biroq faqatgina so‘nggi kunlardagi muzokaralardayoq ijobiy o‘zgarish kutilgan. Yakuniy qaror esa ertaga, payshanba kuni bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda qabul qilinishi kerak.
Ushbu xarid bir qator cheklovlarni ichiga oladi. Unga ko‘ra, hech bir homiy stadionning nomini o‘zgartirish va qo‘shimcha ravishda firma brendini qo‘shish kabi titul olish huquqiga ega emas.
Shuningdek, federatsiya o‘zida stadionni sotib olish huquqini saqlab qolmoqda. Bu Xanning o‘z vazifalari va majburiyatlarini bajarmagan taqdirda amalga oshirilishi mumkin.
Fikrlar