Ulug‘bek Baqoev: Hech kimga e’tirozim yo‘q
«Qo‘qon-1912» – «Buxoro» uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmonlar ustozi Ulug‘bek Baqoev qatnashdi.
- Birinchidan qo‘qonliklarni g‘alaba bilan tabriklayman. Bugungi uchrashuvda mezbonlar ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi. Lekin shogirdlarimning bugun ko‘rsatgan o‘yinidan qoniqdim. Hech kimga e’tirozim yo‘q. Futbolchilarim bilan faxrlanaman.

Fikrlar