
Umtitining tizzasi operatsiya qilinmaydigan bo‘ldi
"Barselona" klubi himoyachisi Samuel Umtiti davolanish jarayonini konservativ usulda davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq tizzasidan jarohat olgan frantsiyalik futbolchi jarrohlik amaliyotini boshdan kechirishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo, Umtiti shifokorlardan ushbu jarohatini konservativ usulda davolashni iltimos qilgan. U joriy haftada Qatarda fizioterapiya muolajalarini o‘tkazdi.
Ma’lumot uchun, Umtiti joriy mavsum “Barselona” safida La Ligada 7ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 1ta goliga assistentlik qilishga erishgan.
Fikrlar