Unai Emeri: Belerinning jarohati jiddiy

  • 20.01.2019 10:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri kecha “Chelsi”ga qarshi bahsda jarohat olgan Ektor Belerin haqida gapirib o‘tdi.

“Ertagacha kutamiz, lekin uning tizzasidan jarohat olgani aniq. Shifokorlarning ilk taxminlariga ko‘ra bu jiddiy jarohat. Ertaga yoki dushanba kuni bu borada aniq ma’lumotlarni bilamiz. Umid qilamizki, hammasi biz o‘ylaganchalik jiddiy bo‘lib chiqmaydi.

Bizda Meytlend-Naylz, Lixtshtayner, shuningdek Jenkinson kabi futbolchilar bor", - deydi ispaniyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, 23 yoshli Belerin joriy mavsum “kanonirlar” safida jami 20ta o‘yinda maydonga tushib, jamoasining 6ta goliga assistentlik qilishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!