Unai Emeri: Gvardiolaga qarshi o‘ynash qiziqarli

CHERY AUTO

"Arsenal" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri Xosep Gvardiola boshchiligidagi jamoaga qarshi o‘nash haqida o‘z fikrini bildirdi.

Tecno

- Men 46 yoshdaman, u esa 47 yoshda. Ammo tan olish lozim, Pep futbolchi sifatida ham, murabbiylik faoliyati davomida ham mendan ko‘ra ko‘proq natijalarga erishgan.

Ehtimol, biz bir vaqtning o‘zida murabbiylik qilishni boshlaganmiz, biroq statistikaga nazar solganingizda Gvardiola balandroq cho‘qqilarni zabt etishga muvaffaq bo‘lganini guvohi bo‘lasiz. Unga qarshi o‘ynash men uchun maroqli. 

Ispaniyada "Valensiya" - "Barselona" qarama-qarshiligiga tayyorgarlik jarayoni men uchun qiziqarli o‘tardi, - deya Emerinig so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sky Sports nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!