
Unai Emeri: O‘zil "Arsenal"ga kerak
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri germaniyalik yarim himoyachi Mesut O‘zilning jamoadan ketishi haqidagi mish-mishlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
“O‘zil bizga kerak. “Arsenal”da uning kelajagi bormi? Ha, albatta”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “kanonirlar” O‘zilni yanvarda transferga qo‘yishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar