
Unai Emeri:"Arsenal" mavsumni "Tottenxem"dan yuqorida yakunlashi mumkin
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri jamoasi APLda mavsumni"Tottenxem"dan yuqorida yakunlashga kuchi etishini aytdi.
“Mavsum yakunlariga ko‘ra biz “Tottenxem”dan o‘zib ketishimiz mumkin. Ikki hafta oldin biz “Tottenxem”dan naqd 10 ochkoga ortda qolayotgan edik, hozir esa oradagi farq bor yo‘g‘i 4 ochkoni tashkil etadi. Bo‘lajak o‘yinda biz o‘z kuchimizga ishongan holda kuchli o‘yin ko‘rsatishimiz mumkin. Garchi “Tottenxem” mavsumni ajoyib o‘tkazayotgan bo‘lsada, ketma-ket 2ta o‘yinda mag‘lub bo‘ldi”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” – “Tottenxem” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 17:30da boshlanadi.
Fikrlar