
“Uzbek Tigers" va "Patriot boxing team" superjangga tarkibni e’lon qildi
WSB turnirining VII mavsumida ishtirok etayotgan "Uzbek Tigers" bokschilari "S" guruhida Xitoyning "China Dragons", Rossiyaning "Patriot boxing team" va Qozog‘istonning "Astana Arlans Kazakhstan" jamoalari bilan raqobatlashmoqda.
O‘zbekiston jamoasi dastlabki ikki uchrashuvni safarda o‘tkazib, "China Dragons" vakillari 2:3, "Astana Arlans Kazakhstan" bokschilariga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Endi “Uzbek Tigers" yangi mavsumdagi ilk uy uchrashuvini 4 mart kuni Rossiyaning "Patriot boxing team" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Har ikki jamoa Toshkentda bo‘ladigan janglarda qatnashadigan bokschilar ro‘yxatini e’lon qildi.
49 kilogramm:
Hasanboy Do‘smatov - Bator Sagaluev
56 kilogramm:
Abdulhay Shorahmatov - Dmitriy Sharafutdinov
64 kilogramm:
Elnur Abduraimov - Radmir Abdurahmonov
75 kilogramm:
Isroil Madrimov - Rajab Rajabov
91 kilogramm:
Zuhriddin Mahkamov Zuxriddin - Islom Tekeev Islam
“Uzbek Tigers" va "Patriot boxing team" uchrashuviga oid xabar va yangiliklarni, uchrashuvning matnli translyatsiyasi va foto-videoreportajlarni SPORTS.uz axborot portalida kuzatib boring.
Fikrlar