"Uzbek Tigers"ga yangi menejer tayinlandi
Bugun, 31 iyul kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida jamoaning yangi rahbari tanishtirildi. Tashkilotning matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra ayni paytda jiu-jitsu federatsiyasi raisi sifatida faoliyat olib borayotgan Komiljon Ro‘ziev jamoaning yangi menejeri sifatida ish yuritadi.
"Ishonch uchun minnatdorchilik bildiraman. Umid qilamanki, kelajakda bokschilarimiz Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishadi va yurtimizga oltin medallar bilan qaytishadi. Jamoaning kuchayishi uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman", – deydi yangi rahbar.
Ma’lumot uchun, AIBA tomonidan tashkil qilingan Butunjahon boks seriyasi (WSB) musobaqalarida O‘zbekiston sharafini "Uzbek Tigers" jamoasi himoya qiladi. Ushbu bahslar orqali bokschilar Olimpiya o‘yinlari litsenziyasiga ham ega bo‘lishlari mumkin bo‘ladi.
Fikrlar